Rahbariyat

Markaziy Osiyo Xalqaro Instituti Direktori

Norov Vladimir Imamovich

Telefon: +998 71 207 08 66
Elektron pochta: iica.centralasia@gmail.com

 

1955 йил 31 августда Бухоро вилоятида туғилган.

Маълумоти олий.

1976 йил Бухоро педагогика институтини,

1985 йил Москва Ички ишлар вазирлиги академиясини тамомлаган.

1990 йилда Москва Ички ишлар вазирлиги академиясининг аспирантура йўналишини тамомлаган. Ҳуқуқ фанлари номзоди.

2021 йилда - Хитой Тайхэ институтининг фахрий профессори.

2021 йилда - Тожикистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Давлат бошқаруви академияси фахрий доктори.

1998 йилда - Фавқулодда ва Мухтор элчи дипломатик мартабасига эга

2003 йилда - Ўзбекистон Республикасининг “Меҳнат шуҳрати” ордени билан мукофотланган.

2022 йилда - Туркманистоннинг “Galkinish” (“Тикланиш”) ордени билан тақдирланган.

Меҳнат фаолияти:

1978-1992 йиллар – Ўзбекистон ИИВ тизимида турли лавозимларда ишлаган;

1992-1995 йиллар – Ўзбекистон Республикаси Президенти Девони халқаро ҳуқуқ хизмати эксперти, консултанти;

1995-1996 йиллар – Ўзбекистон Республикаси Ташқи ишлар вазирининг биринчи ўринбосари;

1996-1998 йиллар – Ўзбекистон Республикаси Президентининг Давлат маслаҳатчиси;

1998-2003 йиллар – Ўзбекистон Республикасининг Германия, Швейцария ва Полшадаги Фавқулодда ва мухтор элчиси;

2003-2004 йиллар – Ўзбекистон Республикаси Ташқи ишлар вазирининг биринчи ўринбосари;

2004-2006 йиллар – Ўзбекистоннинг Республикасининг Белгиядаги Фавқулодда ва Мухтор элчиси, Ўзбекистоннинг НAТО ва ЕИдаги миссия раҳбари;

2006-2010 йиллар – Ўзбекистон Республикаси Ташқи ишлар вазири;

2010-2013 йиллар – Ўзбекистон Республикаси Ташқи ишлар вазирининг биринчи ўринбосари;

2013-2017 йиллар – Ўзбекистон Республикасининг Бенилюкс мамлакатларидаги элчиси, Ўзбекистоннинг НAТО ва ЕИдаги миссия раҳбари;

2017-2018 йиллар – Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Стратегик ва минтақалараро тадқиқотлар институти директори

2019-2021 йиллар – Шанхай ҳамкорлик ташкилоти бош котиби;

2021-2022-йиллар – Ўзбекистон Республикаси Ташқи ишлар вазирининг биринчи ўринбосари, Ташқи ишлар вазири

2023 йил январдан Марказий Осиё халқаро институти директори лавозимида фаолият юритмоқда.

Оилали. Учта фарзанди бор.

Инглиз ва немис тилларини билади.

 

 

Markaziy Osiyo Xalqaro Instituti direktor o'rinbosari

Kadirov Fanil Abdulхaevich

Telefon: +998 71 207 08 66
Elektron pochta: iica.centralasia@gmail.com

 

1966-yil 14-noyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

1991-yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini to‘qimachilik mashinalari va uskunalari mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

1992-1995 yy. - O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Shartnomalarni tekshirish va hisobga olish bosh boshqarmasi yetakchi mutaxassisi

1995-1997 yy. - O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish bosh boshqarmasi rahbari o'rinbosari, narxlar va savdo boshqarmasi boshlig'i vazifasini bajaruvchi, tovar bozorlari savdosi bo'limi boshlig'i

1997-1998 yy. - Tovar bozorlari kon'yunkturasi bo'limi boshlig'i - O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish bosh boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari

1998-2002 yy. - Iqtisodiy ekspertiza boshqarmasi boshlig'i - Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish bosh boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari, O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solish bosh boshqarmasi boshlig'i

2002-2005 yy. - Tashqi savdo boshqarmasi boshlig'i, O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi investitsiya loyihalarini tahlil qilish va axborot bilan ta'minlash bo'limi boshlig'i

2005-2006 yy. - O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi himoya choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari boshqarmasi boshlig'i vazifasini bajaruvchi

2006-2006 yy. - “O'zpaxtamash” OAJ investitsiyalar bo'yicha direktor o'rinbosari

2006-2007 yy. - Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati Integratsiya qo'mitasi kotibiyati transport siyosati va bozor infratuzilmasi bo'limi boshlig'i

2007-2010 yy. - O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tashqi savdoni, himoya choralarini, antidemping va kompensatsiya bojlarini tartibga solish boshqarmasi boshlig'i

2010-2016 yy. - O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi himoya choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari boshqarmasi boshlig'i

2016-2016 yy. - O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi ishlab chiqarishni yanada chuqurroq mahalliylashtirish bo'yicha importni tahlil qilish va takliflarni shakllantirish bo'yicha bosh boshqarma boshlig'i, Jahon bozorlarini tahlil qilish, eksport salohiyatini o'rganish va tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish bo'yicha bosh boshqarmasi boshlig'i vazifasini bajaruvchi

2016-2017 yy. - O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Jahon bozorlarini tahlil qilish, eksport salohiyatini o'rganish va tashqi savdoni tartibga solish bosh boshqarmasi boshlig'i

2018-2019 yy. - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tashqi savdo faoliyatini rivojlantirish, iqtisodiy tarmoqlar va hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish bo'yicha axborot-tahlil bo'limi boshlig'i

2019-2021 yy. - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti Xavfsizlik va tashqi aloqalar sohasidagi konsolidatsiyalangan markazi va rejalashtirish bosh ilmiy xodimi

2021 y. - h.v.   - Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktorining iqtisodiy  tadqiqotlar va tarihiy-madaniy merosini o'rganish va gumanitar tadqiqotlar masalalari bo'yicha o'rinbosari.

Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktor o'rinbosari

Tursunov Botir Erkinovich

Telefon: +998 71 207 08 66
Elektron pochta: iica.centralasia@gmail.com

 

1997 yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutini, 2001 yilda Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq instituti aspiranturasini tamomlagan.

1997-1999-yillarda Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi I.Moʼminov nomidagi Falsafa va huquq institutida kichik ilmiy xodim, ilmiy kotib vazifasini bajaruvchi lavozimlarida ishlagan.

2001-2005 -yillar - Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti yetakchi ilmiy xodimi, loyiha rahbari.

2005-2007-yillar - Oʼzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining ikkinchi kotibi, birinchi kotibi;

2007-2010-yillar - Oʼzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasi birinchi kotibi;

2010-2013-yillar - Oʼzbekiston Respublikasi Tashqi siyosiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiruvchi tahlil markazi boʼlim boshligʼi, direktor oʼrinbosari;

2013-2014 yillar - Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi devonining yetakchi maslahatchisi;

2014-2017-yillar Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori vazifasini bajaruvchi;

2017-yilning may-avgust oylari – Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati sektor mudiri;

2017-2019-yillar – Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori oʼrinbosari;

2019-2022 yillar – Oʼzbekiston Respublikasi elchixonasi vazir maslahatchisi, Oʼzbekiston Respublikasining ShHT Kotibiyati huzuridagi doimiy vakili;

2022-yil mart-noyabr oylari — Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijroiya apparati bosh maslahatchisi;

2022-yil noyabr oyidan – Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktorining siyosiy tadqiqotlar va mintaqaviy xavfsizlik masalalari, shuningdek, suv va atrof-muhit masalalari boʼyicha oʼrinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

Falsafa fanlari nomzodi. Oʼzbekistonda va xorijda chop etilgan 25 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.