Mazkur tanlov axborot-tahlil hamda tadqiqot markazlari vakillari o‘rtasida tashkil etilib, unda jami 70 tadan ortiq tahliliy ishlar ko‘rib chiqildi.
Ushbu nufuzli tadbirda Markaziy Osiyo xalqaro instituti Siyosiy tadqiqotlar va mintaqaviy xavfsizlik muammolarini o‘rganish bo‘limi bosh ilmiy xodimi N. Mansurova faxrli uchinchi o‘rinni egalladi.
Taqdirlash marosimi “Mamlakat milliy manfaatlarini ta’minlashda axborot-tahliliy faoliyatni takomillashtirish: muammo va istiqbollar” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya doirasida tashkil etildi.
Anjuman ishtirokchilari axborot-tahliliy faoliyat sifatini oshirish, tahlilchi kadrlarni tayyorlash, tahliliy jarayonlarga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, idoralararo hamkorlik mexanizmlarini hamda davlat boshqaruvini ekspertlar tomonidan ilmiy qo’llab quvvatlash tizimini takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar.