O’ZBEKISTON
17.06.2026
Ozarbayjon Bosh vaziri Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Bosh vaziri Ali Asadovni O‘zbekistonga tashrifi doirasida qabul qildi. Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, shuningdek, energetika, qurilish, logistika, turizm, tog‘-kon sanoati va boshqa iqtisodiyot tarmoqlarida hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.