O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!

Voqealar
03.07.2026
|
593
MOXI yetakchi ilmiy xodimi Afg‘onistonda tadqiqotlarda ishtirok etdi
Markaziy Osiyo xalqaro instituti yetakchi ilmiy xodimi Nodir Abdusattorov O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida 16-iyun kuni Kobul shahrida bo‘lib o‘tgan "Markaziy Osiyo - Afg‘oniston" tahliliy markazlari forumida ishtirok etdi. Tashrif dasturi poytaxtdan tashqari Mozori Sharif shahrini ham qamrab oldi.

Kobulda N. Abdusattorov O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasi faoliyati bilan tanishdi va uning xodimlari bilan O‘zbekiston-Afg‘oniston hamkorligi masalalariga bag‘ishlangan davra suhbatida ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi Konsulligi xodimlari ishtirokida xuddi shunday tadbir Mozori Sharif shahrida ham bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, tashrif davomida delegatsiya tarixiy-madaniy meros obyektlari - Kobul shahridagi "Bog‘i Bobur" va "Chexel-Sotun" saroyi, shuningdek, Mozori Sharif shahridagi "Moviy masjid" (Hazrati Ali ziyoratgohi) majmuasi bilan tanishdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom