O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Voqealar
22.08.2026
|
221
MOXIda Koreya taraqqiyot instituti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Markaziy Osiyo xalqaro institutida (MOXI) Taraqqiyot tadqiqotlari bo‘limi direktori Xokyung Bang boshchiligidagi Koreya taraqqiyot instituti (KDI) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar Markaziy Osiyo mamlakatlari va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va uni mustahkamlash istiqbollarini, shuningdek, MOXI va KDI o‘rtasida ekspertlar darajasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Suhbat davomida sanoat kooperatsiyasi, muhim foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash, raqamlashtirish va sun’iy intellekt hamda inson kapitalini rivojlantirish sohalaridagi hamkorlikka alohida urg‘u berildi.

Suhbat avvalida Javlon Vaxabov Markaziy Osiyo mamlakatlari va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlar muttasil rivojlanayotgani, shuningdek, amaliy hamkorlik kun tartibi izchil kengayib borayotganini qayd etdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Seulda bo’lib o’tadigan “Markaziy Osiyo - Koreya” formatidagi birinchi sammit bu jarayonning mantiqiy davomi bo‘lib, o‘zarohamkorlikning kelgusi ustuvor yo‘nalishlarinibelgilab olishga va aniq qo‘shma loyihalarni amalgaoshirishga qo‘shimcha turtki beradi.

O‘z navbatida Xokyung Bang Markaziy Osiyo mamlakatlarining o‘rni ortib borayotganini hamda ularning Koreya Respublikasi bilan munosabatlarini yanada rivojlantirish uchun salohiyat katta ekanini ta’kidladi.

Shu nuqtayi nazardan, u Seulning xalqaro taraqqiyot sohasidagi hamkorlikka va Bilimlar almashinuvi dasturi (KSP) faoliyatiga doir yangicha yondashuvlari haqida so‘zlab berdi hamda o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini topish uchun tajriba va ekspert bilimlarini almashish muhimligini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar MOXI va KDI o‘rtasidagi ekspert-tahliliy hamkorlikni, jumladan, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish orqali rivojlantirishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.

Koreya taraqqiyot instituti Koreya Respublikasining iqtisodiy siyosat sohasidagi yetakchi davlat tahliliy muassasasi hamda 2004-yildan buyon amalga oshirib kelinayotgan Bilimlar almashinuvi dasturining operatori hisoblanadi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom