O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Voqealar
11.11.2024
|
685
Prezident Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida boʻlib oʻtgan Arab-Islom sammitida nutq so'zladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida boʻlib oʻtgan Arab-Islom sammitida soʻzlagan nutqida quyidagi fikrlarni taʼkidladi:
✅15-noyabr kuni jafokash Falastin xalqi o‘z milliy bayrami – Falastin Davlati e’lon qilingan kunni nishonlaydi. Aminmanki, bu qadimiy va boy tarixga ega xalq 1967-yildagi chegaralar doirasida, poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan mustaqil va ozod davlatini tuzishga to‘la haqlidir.

✅
Birlashgan Millatlar Tashkilotining katta tajribaga ega bo‘lgan Maxsus agentligi va boshqa institutlari faoliyatiga zaruriy ko‘makni oshirish tarafdorimiz.

✅
Shu o‘rinda biz urushda jabrlangan falastinlik bolalar va ayollarni O‘zbekiston shifoxonalarida beg‘araz davolashga tayyorligimizni bildiramiz.

✅
Biz Falastin xalqiga amaliy yordam ko‘rsatish masalalarini kelgusi yili Samarqandda o‘tadigan “Ko‘rfaz arab davlatlari – Markaziy Osiyo” sammitida ham muhokama qilish niyatidamiz.

✅
Islom hamkorlik tashkiloti doirasida muqaddas Al-Aqso masjidi, Quddusdagi boshqa noyob tarixiy-madaniy yodgorliklarning daxlsizligini ta’minlash hamda ularni beshikast saqlab qolish masalalariga katta e’tibor qaratishimiz lozim.
Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom