Uchrashuv davomida MOXI va SHHT Markazi o‘rtasida barqaror muloqotni yo‘lga qo‘yish istiqbollari, shuningdek, Tashkilot doirasidagi amaliy hamkorlikning muhim masalalari yuzasidan muntazam fikr almashish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Azamat Toshev SHHTning yetakchi ta’lim markazlaridan biri bilan aloqalarni rivojlantirish MOXIning Xitoy akademik hamjamiyati bilan professional aloqalarni kengaytirish hamda Markaziy Osiyoda kechayotgan jarayonlarni mazmunli muhokama qilish uchun yangi maydonlar yaratishga qaratilgan intilishlariga mos kelishini ta’kidladi.
Li Ligan, o‘z navbatida, SHHT Markazining Markaziy Osiyoga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganini qayd etib, MOXI bilan keyingi ekspertlar muloqoti doirasida amaliy hamkorlik formatlarini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.
Shuningdek, Xitoyning ilmiy-tadqiqot va ekspertlar hamjamiyati orasida Markaziy Osiyoda yuz berayotgan o‘zgarishlarga qiziqish tobora ortib borayotgani ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida tomonlar aloqalarni davom ettirish va ikki muassasa o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.
SHHT Xalqaro yuridik tayyorgarlik va hamkorlik markazi (Xitoy) Shanxay siyosiy fanlar va huquq universiteti huzurida XXR Raisi Si Szinpin tomonidan 2013-yil 13-sentabr kuni Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashi yig‘ilishida ilgari surilgan tashabbusga muvofiq tashkil etilgan. Markaz SHHTga a’zo davlatlar uchun yuridik kadrlar tayyorlash platformasi sifatida faoliyat yuritadi.