O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!

Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
13.11.2025
|
1019
Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqotining majlisi o‘z ishini yakunladi
2025-yil 12-noyabrda Toshkentda “Xotin-qizlar huquqlari va gender tenglikni taʼminlashda global hamda mintaqaviy yondashuvlar” mavzusidagi Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqotining majlisi o‘z ishini yakunladi. Sessiyalar doirasida xotin-qizlarning siyosiy ishtiroki, iqtisodiy faolligi, tadbirkorlik, taʼlim va reproduktiv salomatlik sohalaridagi imkoniyatlari keng muhokama qilindi. Muloqot majlisi yakunida Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi. U Markaziy Osiyo mamlakatlarida xotin-qizlar huquqlari, gender tenglik va barqaror rivojlanish masalalarini ilgari surishga bag‘ishlangan mintaqaviy saʼy-harakatlarni eʼtirof etadi. Shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollarining mintaqaviy hamkorlikni yana-da mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma tashabbusi — Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlariga yo‘llangan Murojaatnoma taqdim etildi.
Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom