O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
05.12.2025
|
1335
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-dekabr kuni “Barqaror energetika – Yangi O‘zbekistonning kelajak sari ishonchli qadami” mavzusidagi anjumanda nutq so‘zladi.
Prezident so‘nggi yillarda energetika tizimiga 35 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinib, 9 ming megavatt yangi quvvatlar ishga tushirilishi natijasida elektr ishlab chiqarish hajmi 2017-yildagi 60 milliard kilovatt-soatdan joriy yilda 85 milliard kilovatt-soatga yetganligini ta’kidladi.

O‘zbekiston Prezidenti energetikani rivojlantirishning yangi yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi.

Asosiy tezislar:

✅  Barcha tarmoq va hududlar uchun ishonchli va uzluksiz energiya ta’minotini yo‘lga qo‘yish;

✅  Energiya ta’minotini zamonaviy, ekologik toza va qayta tiklanuvchi muqobil manbalar hisobidan amalga oshirish;

✅  Yiliga 15 mingta transformator ishlab chiqaradigan “Angren energo” hamda 155 ta gidroagregat tayyorlab beradigan “Uzhydopower” korxonalari ishga tushirish;

✅  O‘zbekiston aholisining yillik elektr energiya iste’moli to‘liq qoplash imkoniyatini beradigan “yashil” energiya ishlab chiqarish hajmini 23 milliard kilovatt-soatga yetkazish.

✅  Toza energiya hisobiga tabiiy gaz sarfini salkam 7 milliard kub metrga kamaytirish, atmosferaga 11 million tonna zararli moddalar chiqishining oldi olish;

✅  2030-yilgacha qo‘shimcha 17 ming megavattdan ortiq qayta tiklanuvchi energiya quvvatlarini ishga tushirish.

✅ Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlarida qiymati 3 milliard 300 million dollar bo‘lgan 3,5 ming megavattli “yashil” quvvatlarni ishga tushirish.

✅ Yuqori kuchlanishli 6 ming kilometr tarmoqlar tortish orqali yangi quvvatlarni yaratish.

✅  Elektr energiyasini ishlab chiqarish, balki uni iste’molchilarga yetkazib berish va elektr tarmoqlarini boshqarishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalarni jalb etish;

✅ Ustanovleniye solnechnix stansiy moshnostyu 107 megavatt na territorii 300 maxalley, chto otkroyet dostup k “zelyonoy” energii dlya 30 tisyach maloobespechennix semey;

✅  300 ta mahalla hududida 107  megavattli quyosh stansiyalarini o‘rnatish hisobiga 30 mingta kambag‘al oilaga “yashil” energiya kirib borishini ta’minlash;

✅ 65 megavattli kichik va mikro GESlar barpo etish hisobiga 80 mingta xonadonda elektr ta’minoti tubdan yaxshilash;

✅ 2035-yilgacha zararli gazlar emissiyasini 50 foizga qisqartirish;

✅ Jahon banki bilan dunyoda ilk innovasion “ICRAFT” loyihasini amalga oshirishni davom ettirish;

✅ Kelgusi ikki yilda “yashil” energiya bo‘yicha xalqaro sertifikatlar tizimiga o‘tgan yirik sanaot korxonalarining sonini 100 taga yetkazish;

✅ Mintaqamizning gidroenergetika salohiyatidan samarali foydalanib, birgalikda boshqarish maqsadida Qirg‘iziston va Qozog‘iston bilan “Qambar-ota GES-1” loyihasini moliyalashtirish.

Batafsil: https://president.uz/oz/lists/view/8751

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom