O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!

Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
06.03.2026
|
1310
MOXIda Xalqaro xotin-qizlar kuni nishonlandi
2026-yil 6-mart kuni Markaziy Osiyo xalqaro institutida (MOXI) Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida institutning xotin-qizlari yaqinlashib kelayotgan bayram bilan tabriklanib, ularga MOXI faoliyatiga qo‘shgan hissalari uchun samimiy minnatdorlik bildirildi.

Bayram tantanasida director Javlon Vaxabov so‘nggi yillarda O‘zbekistonda xotin-qizlarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy hayotidagi rolini oshirishga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilayotgani, buning natijasida boshqaruv tizimida xotin-qizlar ulushi 2017-yildan buyon 20 foizdan 35 foizga oshganligini ta’kidladi.

Tadbir yakunida, an’anaga ko‘ra, xotin-qizlarga baxt-saodat va kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab, esdalik sovg‘alari topshirildi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom