Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
30.05.2026
|
321
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev YEOII sammitida ishtirok etdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 29 may kuni Ostona shahrida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig'ilishida kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev o'z nutqida YEOII bilan hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari belgilab berdi.
 
Quyida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar keltirilgan.
 
-O'zbekiston va YEOII davlatlari o'rtasida to'siqlarsiz savdoning yagona raqamli makonini shakllantirish taklifi bildirildi;
 
-raqamli tranzitni joriy etish, kuzatuv tizimlariga ulanish hamda o'tkazish punktlarini modernizatsiya qilish orqali “aqlli” transport-bojxona yo'laklarini yaratish ishlariga kirishish tashabbusi ilgari surildi;
 
-O'zbekiston va YEOII mamlakatlari o'rtasida sanoat kooperatsiyasi dasturini tayyorlashda “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko'rgazmasi  salohiyatidan foydalanish taklif qilindi;
 
-O'zbekiston kooperatsiya bo'yicha “yagona darcha” formatida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan hamkorlikda sheriklarni tanlaydigan, erkin sanoat zonalar negizida tashabbuslarni qo'llab-quvvatlaydigan, moliyalashtirishni jalb etishga ko'maklashadigan qo'shma loyiha ofisini ochishga tayyorligini bildirdi;
 
- energiya samaradorligini oshirish, toza texnologiyalarni joriy etish va mahsulotlarning uglerod sig'imini kamaytirishga qaratilgan Sanoatni “yashil” transformatsiya qilish qo'shma dasturini qabul qilish taklifi bildirildi;
 
- fuqarolarning ishonchli bo'sh ish o'rinlari, ishga joylashish shartlari hamda migratsiya qonunchiligi normalari haqidagi ma'lumotlardan to'g'ridan-to'g'ri foydalanishini ta'minlaydigan qulay va yaxlit raqamli muhitni shakllantirish taklifi ilgari surildi;
 
-YEOII davlatlarini O'zbekistonning “Markaziy Osiyo turistik halqasi” tashabbusini ommabop raqamli platformalarda birgalikda ilgari surishga qo'shilishga taklif qildi.

Batafsil: https://president.uz/oz/lists/view/9264 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom