O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
09.08.2026
|
476
O‘zbekiston turizmni rivojlantirish sur’ati bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi — WTTC hisoboti
Butunjahon sayohat va turizm kengashining (WTTC) “Travel & Tourism Economic Impact Research 2026” tadqiqotiga ko‘ra, 2025-yil yakunlari bo‘yicha Markaziy Osiyo dunyoning eng tez rivojlanayotgan sayyohlik mintaqasiga aylangan. Sohaning mintaqa yalpi ichki mahsulotiga qo‘shgan umumiy hissasi 17,7 foizga o‘sgan, turistik xizmatlar eksporti esa 9,9 mlrd dollarga (+26,4%) yetgan.

Bu hajmning qariyb yarmi — 4,8 mlrd dollar — O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, respublika Qozog‘iston (23%) va Qirg‘izistonni (18%) ortda qoldirib, mintaqa aholisi orasida eng ommabop yo‘nalishga aylangan (sayyohlar oqimining 25%).

Hisobotda Markaziy Osiyoning yagona sayyohlik hududini shakllantirish salohiyati alohida ta’kidlangan: chegara tartib-taomillarini soddalashtirish, aviaqatnovlarni va qo‘shma yo‘nalishlarni rivojlantirish xorijiy sayyohlar oqimini sezilarli darajada oshirishi mumkin. WTTC prognoziga ko‘ra, 2036-yilga borib sohaning mintaqa iqtisodiyotiga qo‘shadigan hissasi 29,7 mlrd dollarga yetadi.

Batafsil: https://researchhub.wttc.org/product/central-asia-economic-impact-report 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom