OQXJ sammiti arafasida MOXIda davra suhbati bo‘lib o‘tdi
17.04.2026
|
127
Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Beybut Atamqulov Markaziy Osiyoda suv xavfsizligini ta’minlash sohasidagi mintaqaviy hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan davra suhbatida:
Bugun Markaziy Osiyoda shakllangan ishonch darajasi keng ko‘lamli tashabbuslarni ilgari surish uchun qulay zamin yaratmoqda.
 
Bizda eng muhimi bor - bir-birimizni tinglashga va birgalikda oldinga intilishga tayyorlik. Demak, mintaqaviy darajadagi yechimlarga erishish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud.
 
Ishonchimiz komilki, Qozog‘iston tomonidan tayyorlangan mintaqa ekotizimini yaxshilash bo‘yicha konvensiya loyihasi Markaziy Osiyo uchun ishonchni mustahkamlash, yagona yondashuvlarni ishlab chiqish va suv sohasida o‘zaro hamkorlikni ta’minlash vositasi sifatida zarurdir.
Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom