Voqealar
24.04.2026
|
258
MOXI va QSTI rahbarlari muzokaralar o‘tkazdi
Joriy yilning 17-aprel kuni Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) direktori Javlon Vaxabov Qozog‘iston strategik tadqiqotlar institute (QSTI) direktori Jandos Shaymardanov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida tomonlar O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, mamlakatlarning mintaqaviy maydonlardagi o‘zaro hamkorligi yuzasidan fikr almashdilar. Ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashda ikki mamlakat ekspertlar muloqotining roliga alohida e’tibor qaratildi.

Direktor J.Vaxabov Qozog‘iston Prezidentining Buxoro shahriga tashrifi yakunlari va O‘zbekiston rahbari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirishga yangi sur’at bag‘ishlaganini ta’kidladi. O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligining bugungi dinamikasi tobora barqaror tus olayotgani, bu Markaziy Osiyoning o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlandi.

O‘z navbatida, J.Shaymardanov ikki davlat rahbarlarining ishonchli muloqoti ikki tomonlama sheriklikni chuqurlashtirish va kengaytirishga xizmat qilayotganini, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni izchil kengaytirishga turtki berayotganini ta’kidladi. Bu orqali mintaqaviy hamkorlik mustahkamlanayotgani, Markaziy Osiyoning barqarorligi oshayotgani ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar joriy yilda bo‘lib o‘tadigan qo‘shma tadbirlar, jumladan, ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari bo‘yicha tematik konferensiyalar va ekspert muhokamalarini o‘tkazish masalalarini muhokama qildilar.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom