Voqealar
05.10.2026
|
517
MOXI va Sasakava tinchlik jamg‘armasi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab oldi
“Markaziy Osiyo – Yaponiya” tahliliy markazlarining birinchi forumi doirasida Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) direktori Javlon Vaxabov Sasakava tinchlik jamg‘armasi Mediatsiyani qo‘llab-quvvatlash markazi vakillari Yuji Mori va Kenta Aoki bilan uchrashdi.

Tomonlar MOXI va Sasakava tinchlik jamg‘armasi o‘rtasida Afg‘onistonning tinch taraqqiyoti, barqarorligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi masalalari bo‘yicha ekspertlar muloqotini yo‘lga qo‘yish istiqbollarini muhokama qildi.

J.Vaxabov Afg‘onistonning barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun o‘zaro ishonchni mustahkamlash, muntazam muloqotni davom ettirish hamda mintaqaviy va xalqaro hamkorlar tajribasini birlashtirish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, u MOXI ushbu yo‘nalishdagi ekspertlik aloqalarini rivojlantirishga ko‘maklashishga tayyor ekanini qayd etdi.

Yapon jamg‘armasi vakillari MOXI bilan hamkorlik qilish, mediatsiya va nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish sohasida tajriba almashishdan manfaatdor ekanini bildirdi. Tomonlar, shuningdek, Markaziy Osiyo, Yaponiya va boshqa davlatlar tadqiqot markazlari ishtirokida ko‘p tomonlama ekspertlik platformasini shakllantirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.

Uchrashuv yakunida ishchi darajadagi maslahatlashuvlarni davom ettirish hamda Afg‘oniston mavzusidagi ekspertlik tadbirlarini birgalikda tashkil etish masalasini ishlab chiqishga kelishib olindi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom
Savolingiz bormi? AI Maslahatchi
IICA
IICA Virtual Assistant
Onlayn