Voqealar
19.06.2026
|
314
MOXI vakillari V yubiley Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etdilar
Joriy yilning 16–18 iyun` kunlari Toshkent shahrida V yubiley Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo'lib o'tdi. Tadbirda 10 mingdan ortiq delegat, jumladan, dunyoning 102 mamlakatidan 4 mingdan ziyod xorijiy mehmon ishtirok etdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 17 iyun kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumining beshinchi yalpi majlisida nutq so'zladi.
 
Forum ishida Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) vakillari ham ishtirok etdilar. Institut ekspertlari bir qator panel` sessiyalari va tadbirlarda qatnashdilar. Jumladan, «O'zbekiston – AQSH» va «O'zbekiston – Koreya Respublikasi» biznes-forumlari, Toshkent xalqaro moliya markazi taqdimoti, shuningdek erkin iqtisodiy zonalar, islom moliyasi, ekologiya kun tartibi, xalqaro arbitraj va boshqa masalalarga bag'ishlangan mavzuli sessiyalarda ishtirok etdilar.


 
Forum yakunlari bo'yicha umumiy qiymati 43 milliard AQSH dollarini tashkil etuvchi 166 ta investitsiya bitimi imzolandi. Erishilgan kelishuvlar investitsiyaviy va iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo'nalishlarini qamrab olgan bo'lib, ular sanoat, energetika, infratuzilma, transport, moliya, texnologiyalar hamda «yashil» iqtisodiyot sohalarini o'z ichiga oladi.


 
Forumning o'tkazilishi O'zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligini mustahkamlash, xalqaro ishbilarmonlik hamkorligini kengaytirish hamda mamlakatni ishonchli iqtisodiy sherik sifatida targ'ib qilishga xizmat qiladi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom