Voqealar
24.04.2026
|
284
MOXIda rossiyalik ekspert Darya Saprinskaya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Markaziy Osiyo xalqaro institutida (MOXI) institut ekspertlari hamda Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti huzuridagi Zamonaviy Markaziy Osiyo va Kavkaz tadqiqotlari laboratoriyasi ilmiy xodimi, A.M. Gorchakov nomidagi xalq diplomatiyasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tahlilchisi Darya Saprinskaya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston–Rossiya hamkorligining dolzarb masalalari, jumladan, “Markaziy Osiyo – Rossiya” formatidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar hamda mintaqadagi joriy jarayonlarni muhokama qildilar.

Rossiyalik ekspert O‘zbekistonning rivojlanish jarayoniga yuqori baho berib, amalga oshirilayotgan islohotlarning jamiyat va iqtisodiyotning asosiy sohalarini modernizatsiya qilishga qaratilgan kompleks va izchil xususiyatini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, O‘zbekiston–Rossiya hamkorligining keng qamrovli yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgani va mustahkam institutsional mexanizmlarga tayanayotgan holda bosqichma-bosqich rivojlanib borayotgani qayd etildi.

Gumanitar hamkorlik masalalariga, xususan ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasiga, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy-ta’limiy va ekspertlik aloqalarini kengaytirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida MOXI va Rossiya ilmiy-tahliliy markazlari o‘rtasidagi ekspert muloqotini yanada mustahkamlashga o‘zaro qiziqish bildirildi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom