Suhbat davomida O‘zbekistondagi islohotlar, «C5 + Shimoliy kengash» formatidagi mintaqalararo hamkorlik hamda ekspert-tahliliy muloqotni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shvetsiyalik ekspert O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan o'zgarishlarning tizimli va izchil xususiyatini yuqori baholab, ularning barqaror rivojlanishni va ijtimoiy totuvlikni ta’minlashdagi hamda mamlakatning «ishonchli mintaqaviy hamkor» sifatidagi mavqeini mustahkamlashdagi rolini ta’kidladi.
Sammitlar darajasiga chiqish salohiyatiga ega bo‘lgan «C5 + Shimoliy kengash» formatining o'sib borayotgan ahamiyati qayd etildi.
2025-yildagi vazirlar uchrashuvi hamda 2026-yilda MOXI delegatsiyasining Finlyandiya, Norvegiya va Shvetsiyaga tashriflari ilmiy-amaliy hamkorlikni mustahkamlashga va tajriba almashishni kengaytirishga xizmat qilgani ta’kidlandi.
Shuningdek, xalqaro muloqotni mustahkamlash vositasi sifatida «ekspert diplomatiyasi»ni rivojlantirish hamda tahliliy markazlar o‘rtasidagi hamkorlikning muhimligi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar xavfsizlik va barqaror rivojlanish masalalari bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar tayyorlash, shuningdek, akademik va ekspert almashinuvini kengaytirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.