Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
14.05.2026
|
473
Buxoroda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon yetakchi ayollari muloqoti yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Buxoroda parlamentlar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar va ekspertlar hamjamiyati vakillari ishtirokida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon yetakchi ayollari muloqotining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

2020-yilda O‘zbekiston tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur platforma mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, gender tenglikni ilgari surish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va ilmiy sohalardagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi. Bu yil formatga Ozarbayjon rasman qo‘shildi.

Olim ayollar yig‘ilishi va forumi doirasida ilm-fan, innovatsiyalar, sun’iy intellekt, ekologiya va barqaror rivojlanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv yakunida "SheScience Central Asia" ayol olimlar mintaqaviy tarmog‘ini tashkil etishni nazarda tutuvchi Qo‘shma kommyunike qabul qilindi.

Batafsil: https://senat.uz/ru/international-cooperation/post-5014 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom