Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
15.05.2026
|
2132
O‘zbekiston Prezidenti TDT doirasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator tashabbuslarni ilgari surdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni Turkistonda bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotining "Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish" mavzusiga bag‘ishlangan norasmiy sammitida nutq so‘zladi.

O‘zbekiston Prezidenti TDT doirasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Asosiy tashabbuslar:

✅ Sun’iy intellekt sohasida TDT davlatlarining strategik hamkorlik tarmog‘ini shakllantirish taklif etildi;

✅ Mintaqaviy ma’lumotlar markazlarini yuqori tezlikdagi aloqa kanallari bilan bog‘lash uchun “Raqamli turkiy koridor konsepsiyasi”ni ishlab chiqish tashabbusi ilgari surildi;

✅ Toshkentda TDTga a’zo davlatlar ishtirokida Texnologiyalar forumini o‘tkazish rejalari e’lon qilindi;

✅ Tarixiy-madaniy merosni birlashtirish uchun TURKSOY va Turkiy akademiya bilan birgalikda yagona "katta ma’lumotlar" platformasini yaratish taklif etildi;


✅ Yassaviy tariqatining bag‘rikenglik va ma’rifatparvarlik g‘oyalarini keng yoyish tashabbusi ilgari surildi;

✅ Xiva shahrida "Turkiy dunyo yoshlar poytaxti" maqomi doirasida Yosh liderlar forumi va Xalqaro yoshlar festivali o‘tkazilishi ma’lum qilindi;

✅ TDT mamlakatlariga startaplar va sun’iy intellektni rivojlantirishni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston va Qozog‘iston qo‘shma venchur jamgʻarmasiga qo‘shilish taklif etildi;

✅ O‘zbekiston va TDTga a’zo barcha davlatlar o‘rtasida "E-Permit" elektron ruxsatnomalar tizimining to‘liq integratsiyalashuvi qayd etildi;

✅ Bojxona va tranzit tartib-taomillarini raqamlashtirish, shuningdek, raqamli logistika platformalarini integratsiya qilish zarurligi ta’kidlandi;

✅ TDT qoshida sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari asosida iqlim xatarlarini monitoring qilish tizimini yaratish taklif etildi;

✅ TDT doirasida 2027-yilni “Tabiatni asrash yili” deb e’lon qilish tashabbusi ilgari surildi;

✅ Kiberxavfsizlik va raqamli infratuzilmani himoya qilish bo‘yicha Turkiy alyans tuzish taklif qilindi.

Batafsil: https://president.uz/ru/lists/view/9215 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom