O’ZBEKISTON
30.04.2025
MOXI va Gulf Research Center amaliy akademik hamkorlik yoʻllarini muhokama qildi
Markaziy Osiyo Xalqaro Instituti (MOXI) direktori Javlon Vahаbov Saudiya Arabistonining nufuzli tahliliy markazi — Ko'rfaz tadqiqot markazi (GRC) raisi va asoschisi doktor Abdulaziz Sager, Yevropadagi GRC jamgʻarmasi direktori doktor Kristian Koh hamda Markaziy Osiyo boʻyicha ilmiy xodim Leyla Ali boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.