O’ZBEKISTON
14.11.2025
MOXIda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlarining 20 yilligi nishonlanmoqda
2025-yil 14-noyabr kuni Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) “O‘zbekiston – Rossiya: ittifoqchilik munosabatlarining yigirma yilligi va hamkorlikning yangi istiqbollari” mavzusida davra suhbatini o‘tkazdi. Tadbir O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Shartnoma imzolanganining 20 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollarini muhokama qilishga qaratildi.