O’ZBEKISTON
23.07.2025
MOXI “ShHT Raqamli Iqtisodiyoti – 2025” Forumi ishida ishtirok etdi
2025-yil 10–11-iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Tyanzin shahrida Xitoy Davlat ma’lumotlar boshqarmasi va Tyanzin Xalq hukumati tomonidan, ShHT Kotibiyati ko‘magida tashkil etilgan “ShHT Raqamli Iqtisodiyoti – 2025” forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ShHTga a’zo davlatlarning tegishli vazirliklari delegatsiyalari, xalqaro tashkilotlar, yetakchi tahliliy markazlar, ilmiy-tadqiqot institutlari va biznes doiralari vakillari ishtirok etdi. Ishtirokchilar soni 600 nafardan oshdi.